Vinisius Urugvayga qarshi o‘ynamaydi

Vinisius Urugvayga qarshi o‘ynamaydi

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior diskvalifikasiya tufayli Amerika kubogi chorak finalida Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Braziliyalik vinger guruh bosqichining 3-turida Kolumbiyaga qarshi bahsda (1:1) sariq kartochka oldi. Avvalroq Vinisius Paragvay bilan 2-tur uchrashuvida (4:1) ham ogohlantirilgan edi.

Braziliya terma jamoasi guruh bosqichini 5 ochko bilan yakunladi. Kosta Rika hamda Kolumbiya jamoalari bilan durang qayd etgan hamda Paragvay termasini mag‘lub etgan Braziliya terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Kolumbiya termasi 7 ochko bilan birinchi o‘rinda qayd etildi.

“Real Madrid” futbolchisi ikkita gol bilan Amerika kubogining to‘purarlar bahsida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Chorak final bahsida Braziliya terma jamoasi Urugvay bilan bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!