Anatoliy Rubakov futzal bo‘yicha jahon chempionatida bosh hakam bo‘lib ishlaydi

Anatoliy Rubakov futzal bo‘yicha jahon chempionatida bosh hakam bo‘lib ishlaydi

Xabaringiz bor, 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati mamlakatimizda bo‘lib o‘tadi.

FIFA ushbu chempionatdagi o‘yinlarni boshqarib boruvchi referilar ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chempionatda o‘zbekistonlik referi Anatoliy Rubakov bosh hakam sifatida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Anatoliy Rubakov futzal bo‘yicha jahon chempionatida bosh hakam bo‘lib ishlaydi

Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu mundialda jami besh qit’adan 38 nafar turli mamlakat hakamlari bosh hakam sifatida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Paragvay, Kosta-Rika va Niderlandiya termalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!