Yunusobod tumanidagi 4-sonli qozonxona elektr ta’minotida uzilish bo‘lmagan – Energetika vazirligi

Yunusobod tumanidagi 4-sonli qozonxona elektr ta’minotida uzilish bo‘lmagan – Energetika vazirligi

Joriy yilning 2-3 iyul kunlari “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi “Toshkent issiqlik markazi” MCHJning 4-sonli qozonxonasida elektr ta’minotida uzilish yuz bermagan.

4-sonli qozonxona 2 iyuldan 3 iyulga o‘tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan.

Ayni paytda qozonxonaga suv ta’minotining yetarli darajada yetkazib berilmayotgani sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan.

Vazirlik axborot xizmati bugun, ya’ni 3 iyul sanasida Yunusobod tumanining 6- va 7-mavzelarida suv toshishiga doir hodisa elektr ta’minotiga bog‘liq emasligini ma’lum qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!