Szyularning kenjasi Avstraliyada kamarini himoya qildi

Szyularning kenjasi Avstraliyada kamarini himoya qildi

Sobiq mutlaq jahon chempioni Konstantin Szyuning kenja farzandi Nikita Szyu o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan prof boks oqshomida 26 yoshli Nikita o‘rta vazn toifasida o‘ziga tegishli Avstraliya chempionlik kamarini ilk bor himoya qildi. Szyu 34 yoshli vatandoshi Danilo Kreatiga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘n raund to‘liq davom etgan jangda kichik Szyu raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra 100-88, 99-90, 100-89 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi raundda Kreati nokdaun holatiga ham tushib qolgan.

Jangdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida promouter Jorj Rouz avstraliyalik bokschilar Koen Mazudye (12-3-1, 5 KO) va Brok Jarvis (21-1, 19 KO)ni Nikita Szyuning keyingi ehtimoliy raqiblari sifatida e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!