«Svet» uchun to‘lov qilganda texnik nosozliklar bo‘lishi mumkin

«Svet» uchun to‘lov qilganda texnik nosozliklar bo‘lishi mumkin

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2024 yil 2 iyul soat 00:00 dan 3 iyul soat 22:00 gacha ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!