So‘x tumanidagi yoshlar onlayn darslardan mahrum: ular bizga begonami?

So‘x tumanidagi yoshlar onlayn darslardan mahrum: ular bizga begonami?

Bugundan televideniye orqali onlayn darslar o‘tilayotgani hammamizga ma’lum. Ammo bizga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, Farg‘ona viloyati,So‘x tumanidagi o‘quvchilar onlayn darslardan mahrum.

Darslar boshlandi. Lekin bizning So‘x tumanida 15 mingga yaqin o‘quvchi bu imkoniyatdan mahrum. Bizning farzandlarimiz ham O‘zbekiston fuqarolari! Bizning hammamizda kabelniy televideniye yoki internetga qurbimiz yetmaydi. Nega So‘xga dars beradigon kanallarni qo‘shishmadi? Milliy kanallarimizda bersa bo‘lardi-ku? Biz begona emasmiz! Bizning farzandlarimiz ham bilim olishga haqli-ku... Iltimos, yerdam bering. Minglab So‘x o‘quvchilarning shu orzusi amalga oshishiga ko‘mak beringlar, deyiladi murojaatda.

Umid qilamizki, mutasaddi tashkilotlar ushbu holatni e’tiborsiz qoldirishmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!