Soxta koronavirus vaksinalarini pullagan 14 shifokor hibsga olindi

Soxta koronavirus vaksinalarini pullagan 14 shifokor hibsga olindi

Mumbay (Hindiston) polisiyasi soxta koronavirus vaksinalarini ishlatishda ishtirok etgan 14 kishini hibsga oldi. Shifokorlar mahalliy aholiga dori o‘rniga suv jo‘natgan, deb yozadi Daili Mail.

2021 yil may va iyun oylari orasida shaharda kamida 12 ta soxta emlash dasturlari yaratildi. 2,5 mingdan ortiq odam koronavirus infeksiyasiga qarshi soxta vaksinani olgan - ularga oddiy tuzli eritma yuborilgan.

Tergovchilarning fikriga ko‘ra, Hindistonning turli xil klinikalarida ishlayotgan shifokorlar jinoyatlarga aloqador: tibbiy muassasalarga kirish imkoni tufayli ular soxta emlash sertifikatlarini o‘zlari olishlari mumkin.

Hozirda hibsga olinganlarg fitna uyushtirishda, firibgarlikda va odam o‘ldirishda ayblanmoqda.

Iyun oyida shunga o‘xshash voqealar Keniyada aniqlangandi: mahalliy shifokorlar koronavirus vaksinasi o‘rniga suv bilan mahalliy aholini emlagan va buning uchun pul talab qilgan. Shu bilan birga, Afrika mamlakatlari aholisi Shvesiya-Britaniyaning AstraZeneks kompaniyasining dori-darmonlari bilan bepul emlash huquqiga ega, bu hukumat tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan maxsus tibbiy markazlarda amalga oshirilishi mumkin. Ammo, dori tanqisligi fonida ba’zi shifokorlar keniyaliklarga pullik emlashni taklif qila boshladilar, keyin esa uning o‘rniga suv ishlatishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!