Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyor

Sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyor

O‘zbekiston televideniyesida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini 15 yil boshqargan Rashidjon Qodirovga bag‘ishlangan hujjatli ko‘rsatuv tayyor bo‘lgan.

«Mazkur ko‘rsatuv orqali Rashid Qodirovning korrupsionerlik ishlari, prokuratura faoliyati davomida sodir etgan jinoyatlari tafsilotlari ommaga oshkor bo‘ladi.

Aytishlaricha, yana bir bor maxsus tekshiruv va kuzatuvlardan ko‘rsatuv o‘tgach, shu hafta efirga beriladi», — deyiladi xabarda.
Nashr xabarida ko‘rsatuv qaysi telekanal orqali efirga uzatilishiga oydinlik kiritmagan.

Aytish kerakki, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qancha vaqt muqaddam Ulug‘nor tumanida Andijon viloyati faollari ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishida sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovni televideniye orqali gapirtirishga va’da bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!