Sobiq Angliya darvozaboni: “Maradonada halollik bo‘lmagan!”

Sobiq Angliya darvozaboni: “Maradonada halollik bo‘lmagan!”

Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Piter Shilton Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning o‘limiga munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda “Dailymail”.

Eslatib o‘tamiz, 1986 yilgi Jahon chempionatining 1/4 final o‘yinida Maradona to‘pni qo‘li bilan Shilton darvozasiga kiritgan edi.

«Garchi buni xohlamasamda mening hayotim azaldan Maradona bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Ammo uning shunday yosh hayotdan ko‘z yumganligini eshitib xafaman», - dedi Shilton.

Darvozabon, shuningdek, Maradona o‘sha goli uchun hech qachon kechirim so‘ramaganini ta’kidladi.

"Unda buyuklik bor edi, ammo, afsuski, halollik yo‘q edi", - deya qo‘shimcha qildi Shilton.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!