Sirli koinot: O‘zga sayyoraliklarni izlab…

Sirli koinot: O‘zga sayyoraliklarni izlab…

Mana o‘n yildirki, dunyo astronomlari o‘zga sayyoraliklar radiosignallari jumbog‘ini yecha olmayapti. Rossiya Fanlar akademiyasining maxsus astrofizika observatoriyasi xodimi Sergey Trushkin RIA Novostiga rossiyalik olimlarning ana shunday sirli radiotovushlar manbalarini aniqlash borasida olib borgan tadqiqotlari haqida so‘zlab berdi.

Er sayyorasidan tashqaridagi radiosignallar

Astronomlar 2007 yilda Parks (Avstraliya) teleskopi yordamida radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik jismlar-pulsarlarni kuzayotib tasodifan radionurlanishning tezkor raido portlashlari (fast radio-burst, FRB)ni kashf qilishgan edi. So‘nggi yillarda olimlar yana shunday to‘qqizta FRBni qayd etdi. Ular bir-biriga taqqoslanganda FRBlar sun’iy kelib chiqish ehtimoli borligi va hatto o‘zlarining tuzilishlarida tushunarsiz davriylik tufayli o‘zga olamlar sivilizasiyalarining signallari bo‘lishi mumkin, degan farazni keltirib chiqardi. Chunki barcha signallarni bir narsa favqulodda ulkan tezlik kuchi va manbadan g‘ayrioddiy uzoqlikda joylashgani birlashtirib turardi. Shu boisdan astronomlar bu kabi radioto‘lqinlar so‘nayotgan yulduzlar yoki boshqa ixcham jismlardan tarqalmoqda, degan xulosaga boradi.

Ikki yil oldin esa tadqiqotchilar ushbu xulosani inkor etuvchi ma’lumotni qo‘lga kiritdi. Parks teleskopi olti yildan so‘ng ilk bor FRB aniqlangan manzilda xuddi o‘shanday radioportlashlarni kuzatdi. Bu o‘zga sayyoraliklar signallari jumbog‘ini yanada murakkablashtirdi.

O‘tgan yilning avgust oyida astronomlar boshqa bir g‘ayri oddiy signalga to‘qnash bo‘ldi. FRB to‘lqinlarini aniqlashga mo‘ljallangan CHIME radioteleskopi umuman boshqa manzildan tarqalayotgan yangi turdagi to‘lqinlarni qayd etdi. Bu kashfiyot noma’lum radioto‘lqinlar so‘nayotgan yulduzlardan tarqalmoqda, degan farazni yo‘qqa chiqardi.

Ushbu radioportlashlarning noodatiy tuzilishi, ularning o‘ta yangi portlashlarga yoki qora tuynuklarga qo‘shilib ketish va neytron yulduzlarga xosligini tasdiqlamas edi. Ayrim olimlar esa ushbu chayqalishlar aksionlar, qora materiyaning o‘ta yengil qismi parchalanishi, shuningdek kosmik torlar ning ta’siri ostida yuzaga kelmoqda degan farazni ham aytishadi.

Koinotning sirli burchaklarida

Bir yarim yil oldin o‘zga sayyoraliklar radiosignallari ga oid tadqiqot va kuzatuvlarga rossiyalik astronomlar RATAN-600 teleskopi bilan qo‘shildi. Trushkin va uning maslakdoshlari o‘zga sayyoraliklar radiosignallari ning ikki asosiy xususiyatiga e’tibor qaratdi. Bular ularning o‘ta yorqin va favqulodda qisqa davomiyligidir.

Ammo, FRBni aniqlashda RATAN-600 teleskopi Parks ga teng kelolmas edi. Uning imkoniyatlari nisbatan kam koinot kengligini qamrab olishga yetib, shu bois olimlar g‘ayrioddiy radiosignallarni aniqlash uchun 4,5-4,7 gigagers radio diapazoni tanlab olishga majbur bo‘ladi. Va bu kutilgan natijalarni bermaydi

Shundan so‘ng olimlar o‘tgan yilning may oyida teleskopni koinotning umuman boshqa burchagiga Qisqichbaqasimon tumanlikka buradi. Ayni yo‘nalishda olib borilgan kuzatuv natijalari esa o‘zga sayyoraliklar signallari siriga biroz oydinlik kiritganday bo‘ldi. Tumanlikdan tarqalayotgan signallar kuchli ekanligi va boshqa jihatlari bilan FRBlarni eslatardi. Bu kashfiyot rossiyalik astronomlarni koinotda tarqaluvchi g‘ayrioddiy radioto‘lqinlarning manbalari yosh pulsarlar davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik jismlar ekaniga ishontirdi.

Manba: gujum.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!