Sirdaryoda magistral gaz quvuri portladi

Sirdaryoda magistral gaz quvuri portladi

Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan «Xovos-Farg‘ona» yo‘nalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi.

Bugun, 25 avgust kuni taxminan soat 10:30 larda Xovos tumani Navro‘z mahallasiga qarashli yuqori dala qismida, dala ekin-maydoni hududidan o‘tgan «Xovos-Farg‘ona» yo‘nalishidagi magistral gaz quvurida portlash sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Bu xabarni Sirdaryo viloyati hududiy gaz ta’minoti filiali navbatchilik qismi tasdiqladi. Berilgan birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, jarohat olganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!