Shvesiya qiroli O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi

Shvesiya qiroli O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi

Qirol O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni olqishladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Shvesiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, O‘zbekistonning boy tarixiy va me’moriy merosi, shuningdek, o‘zbek xalqining noyob madaniyati va an’analarini inobatga olgan holda, sayyohlik sohasidagi hamkorlik istiqbolli bo‘lishi mumkin.

“Suhbat chog‘ida Qirol Karl XVI Gustav 1978-yilda rafiqasi Qirolicha Silviya bilan Toshkent va Samarqand shaharlariga tashrifini juda mamnuniyat bilan esladi. Ushbu safar O‘zbekiston to‘g‘risida eng iliq va yorqin xotiralar hamda go‘zal qadimiy Samarqandning chuqur taassurotlari bilan yodlarida qolganligi qayd etildi”, - deyilgan xabarda.

Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng Shvesiya Tashqi ishlar vazirligining savdo masalalari bo‘yicha bosh direktori Teppo Tauriainen, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha deportamenti direktori o‘rinbosari Martina Kuik, shuningdek, Shvesiya investisiya va savdoga ko‘maklashish agentligi ““Business Sweden”, “Ericsson”, “Scania”, “Jambo Tours”, “TEMA” kompaniyalari va “Silc” nohukumat tashkiloti vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda ko‘p qirrali ikki tomonlama sheriklikni, jumladan, savdo-iqtisodiy, investision va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashning aniq masalalari muhokama qilindi.

Shvesiya kompaniyalari delegasiyasining 2019 yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!