Sherzod Shermatov: "Portal Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijro etilishi borasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi"

Sherzod Shermatov: "Portal Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijro etilishi borasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi"

24 may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Inson qadri” onlayn platformasi hamda “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘plami taqdimotlariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov nutq so‘zladi.

"Assalomu alaykum hurmatli bugungi yig‘ilish ishtirokchilari.

Bugungi kunda har tomonlama rivojlanayotgan jamiyat taraqqiyotini AKTsiz tasavvur etish qiyin. Jahonda AKT va telekommunikasiya tizimlari kun sayin rivojlanmoqda. Mamlakatimizda sohani yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan bir qator qarorlar qabul qilindi.

Ushbu siyosatning ijobiy natijalari bugungi kunda barcha sohalarda, ta’lim, bank, moliya tizimi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari va xususiy tadbirkorlik, umuman barcha sohalarda o‘z ifodasini topmoqda.

Barchamizga ayonki, taraqqiyot strategiyasida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformasiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlardagi asosiy vazifalar belgilandi. Ushbu vazifalarning joylardagi ijrosi natijadorligini aholining keng qatlamiga yetkazib borish maqsadida Axborot texnologiyalari vazirligi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Inson qadri” onlayn portali va uning mobil ilovalari ishlab chiqildi (davlatdasturi.uz). Mazkur onlayn portal bevosita “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan yuritiladi. Buning uchun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi mas’ul xodimlarining onlayn portaldan foydalanishlari bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etildi.

Bugungi kunda portalga 7 ta yo‘nalishdagi umumiy 398 ta vazifa va ularning ijrochilari kiritildi. Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalar nazoratini onlayn yuritish va kuzatib borish mumkin. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan vazifalarning har bir mexanizmi bo‘yicha “ijro holati” to‘ldirib boriladi. 2 “Inson qadri” onlayn portalida aholiga Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturlarida belgilangan chora[1]tadbirlarning ijrosi bilan tanishish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘z fikr, taklif va e’tirozlarini bildirish imkoniyati yaratildi. “Inson qadri” onlayn portalining asosiy jihatlaridan biri bu – fuqarolarimiz shaxsini tasdiqlagan yoki anonim ravishda o‘z fikr, e’tiroz va takliflarini bildirishi mumkin. Portalda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturining ijrosi natijalari yuzasidan har bir yo‘nalish bo‘yicha kelgan fikr, taklif va e’tirozlar soni va statistikasini, bundan tashqari, infografik ma’lumotlar, videorolik va tahliliy sharhlarga oid ma’lumotlarni kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Portalda chora-tadbirlar ijrosi holati – “bajarilgan”, “bajarilmoqda” hamda “bajarilmagan” ko‘rinishlarida aks ettirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, fuqarolar asosiy ekrandagi Davlat dasturi rukni orqali o‘zlari istagan 7 ta yo‘nalishdan bir yo‘nalishni tanlab, ushbu yo‘nalish doirasida bajarildi, deya belgilab kiritilgan ma’lumotlar bilan tanishib, unga nisbatan o‘z munosabatlarini bildirishlari mumkin. Portal Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning ijro etilishi borasidagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan vazifalarni inobatga olgan holda “Inson qadri” onlayn portali, ya’ni davlatdasturi.uz rasmiy veb-sayti doimiy ravishda takomillashtirib boriladi va portalda aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va jarayonlarda fuqarolarning bevosita ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!