Seulda mashina bosib ketishi tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Seulda mashina bosib ketishi tufayli to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada 68 yoshli haydovchi Seul meriyasi yaqinida piyodalarni urib yubordi, natijada to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, kamida olti kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.

Hodisa Seul markazida sodir bo‘lgan. To‘qqiz nafar qurbon orasida olti nafari voqea joyida vafot etgan, uch nafari shifoxonaga yotqizilgan va keyinroq vafot etgani ma’lum qilingan.

Uch nafar kishining ahvoli og‘irligicha qolmoqda. O‘lganlarning barchasi 30 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklardir.

Guvohlarning aytishicha, YTH sodir etgan mashina to‘satdan orqaga burila boshlagan, ikkita mashinaga borib urilgan, piyodalar yo‘lagiga chiqib ketgan va svetoforning yashil yonishini kutayotgan piyodalarga borib urilgan.

Haydovchi voqea joyida ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!