Senat: 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi!

Senat: 23:00 dan keyin oilaviy to‘y-hashamlarni davom ettirish taqiqlanadi!

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu qaror bilan nizom loyihasi ham tasdiqlanib, u 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, oilaviy tadbirlar faqat bir kun - ertalabki soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha o‘tkazilishi kerak. Dafn etish marosimi bundan mustasno.

Hududlarning sharoitidan kelib chiqib, osh berish marosimi vaqti Xalq deputatlari shahar va tuman kengashlari tomonidan belgilanadi.

Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Oilaviy tadbirlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan o‘tkaziladigan osh berish marosimlarida 150 nafargacha odam ishtirok etishi mumkin.

Qo‘shaloq to‘y-hashamlarda 250 nafargacha, u bilan bog‘liq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi ishtirok etishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!