Saudiya Arabistoni Qatardagi elchixonasini qayta ochadi

Saudiya Arabistoni Qatardagi elchixonasini qayta ochadi

Saudiya Arabistoni bir necha kun ichida Qatardagi elchixonasini qaytadan ochmoqchi. Bu haqda Qirollikning Tashqi ishlar vaziri xabar bergan.

«Bizning Dohadagi elchixonamiz zarur ishlar bajarilgandan so‘ng bir necha kun ichida ochiladi» deydi Tashqi ishlar vaziri Farhan bin Faysal shanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning qo‘shimcha qilishicha, Saudiya Qatar bilan diplomatik aloqalarni to‘laligicha tiklaydi.

2017 yilning iyun oyida Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilari hisoblanuvchi Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik, savdo va sayohat bo‘yicha aloqlarni to‘xtatib qo‘ygandilar. Ular Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va Eronga yaqinlashib ketganlikda ayblashgan va bu mamlakat bilan aviareyslarni ham cheklashgandi.

Ushbu mamlakatlar blokadani tugatish uchun Qatarga 13 ta talab qo‘ydilar. Ushbu talablar orasida Dohada joylashgan Al-Jazira axborot agentligining yopish ham bor edi.

Qatar hukumati o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, talablarni bajarmasligini aytdi. Qatar ushbu blokada mamlakat suverenitetiga tahdid ekanini ta’kidlagan.

Ammo, shu oyning boshida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan kengashda Saudiya, Bahrayn va BAA Qatarga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga rozi bo‘ldilar. Shundan keyin bu davlatlar Qatar bilan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydilar. Shuningdek, Saudiya o‘tgan haftada Qatar bilan quruqlikdagi chegarani ham ochdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!