“Sanoat korxonalari haligacha me’yoriy hujjat olish uchun Standartlar institutiga kelib, ovora bo‘lib ketishayotgani” yuzasidan rasmiy bayonot berildi

“Sanoat korxonalari haligacha me’yoriy hujjat olish uchun Standartlar institutiga kelib, ovora bo‘lib ketishayotgani” yuzasidan rasmiy bayonot berildi

Kecha 23 noyabr kuni “Kompromatuz” telegram kanali orqali O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati haqidagi ba’zi ma’lumotlar chop etilgan. Jumladan, ushbu maqolada, O‘zbekiston standartlar instituti faoliyati haqida ham to‘xtalib, “sanoat korxonalari haligacha me’yoriy hujjat olish uchun Standartlar institutiga kelib, ovora bo‘lib ketishayotgani” haqida so‘z yuritiladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston standartlar instituti quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda, standartlashtirish faoliyatini xalqaro talablarga uyg‘unlashtirish va standartlarni qabul qilish tizimini yangicha zamonaviy usullarga transformasiya qilish jarayoni keng amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston standartlar instituti rasmiy veb-saytida (http://uzsti.uz/) 25 mingdan ziyod standartlar elektron shaklda joylashtirilgan hamda standartlar to‘laligicha mazkur e-fond elektron platformasi orqali joriy yilning fevral oyidan boshlab tadbirkorlarga yetkazib berilmoqda.

Bu esa, o‘z navbatida tadbirkorlarni ortiqcha ovoragarchiliklardan ozod etib, ularga 7/24 formatda istalgan joyda standartlarni elektron yuklab olish imkoniyatini taqdim qildi.

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

O‘zbeksiton standartlar instituti tomonidan interaktiv shaklda onlayin ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan, o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun juda muhim.

Batafsil ma’lumotni O‘zbeksiton standartlar institutining http://uzsti.uz rasmiy veb-sayti yoki (71) 253-85-67, 250-22-23, 253-18-67, 253-18-47 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

O‘zbekiston standartlar

instituti matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!