Sanepidqo‘mita salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani aytilgan chips bo‘yicha munosabat bildirdi

Sanepidqo‘mita salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani aytilgan chips bo‘yicha munosabat bildirdi

Sanepidqo‘mita tomonidan "One Chip Challenge" chipsining xavfsizligi tekshirilmagan.

⚡️⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida "One Chip Challenge" chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani va salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi.

❓“Fuqarolarimizdan ushbu mahsulot O‘zbekistonga ham olib kelinganmi?”,

❓“Sanepidqo‘mita tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa berilganmi?” degan savollar kelib tushmoqda.

📌Sanepidqo‘mita tomonidan "One Chip Challenge" mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaganligi, shu bilan birga ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonida murojaat ham bo‘lmaganligini ma’lum qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!