Rossiyalik qo‘shiqchining uyiga koronavirus bahonasi bilan kirmoqchi bo‘lishdi

Rossiyalik qo‘shiqchining uyiga koronavirus bahonasi bilan kirmoqchi bo‘lishdi

Rossiyalik qo‘shiqchi va teleboshlovchi Marina Korolevaning aytishicha, ikki kishi koronavirus bahonasida uning uyiga kirishga urinishgan. Bu haqda "Komsomolskaya pravda" yozmoqda.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi eshik qo‘ng‘irog‘ini chalgan –  o‘zini shifokor deb tanishtirgan ayol kimyoviy himoya kostyumi kiygan, polisiyachi esa niqob kiygan. Marina eshikni ochmadi. "Polisiyachi" esa xonandaning uyida virus alomatlari borligini aytib, uni tekshirish uchun yuborishganini tushuntirdi.

Teleboshlovchi  sog‘lom ekanligini aytdi. Shuningdek, u uyiga shifokor yuborilganini va salbiy javob olganligini aytdi. “Shunda niqobli polisiyachi nima deyishni ham bilolmay qoldi", – dedi Marina.

Keyinchalik shifokor ayol topildi, u rostdan ham shifokor bo‘lib chiqdi. "Men polisiyaga ikki marta qo‘ng‘iroq qildim", dedi o‘z navbatida qo‘shiqchi. "Ular menga hujjatsiz odamlarga eshikni ochmasdan to‘g‘ri ish qilganimni aytishdi." Ular mening ma’lumotlarimni yozishdi, tekshiruv o‘tkazishlarini aytishdi. "


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!