Rossiyaga keluvchi o‘zbekistonliklar soni 15 %ga ko‘paydi

Rossiyaga keluvchi o‘zbekistonliklar soni 15 %ga ko‘paydi

2019 yilning yanvar – mart oylarida Rossiya Federasiyasiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari soni  15%ga ko‘paydi, deb xabar qildi Rossiya Turoperatorlar assosiasiyasi, Chegara qo‘riqlash xizmatiga asosan.

Rossiyaga kelgan xorijiy fuqarolar orasida eng ko‘p Ukraina vakillari – 1,7 million kishi. Bu o‘tga yilga nisbatan 10% kam. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston – 870 ming kishi (+2,5%), uchinchi o‘rinda O‘zbekiston - 634,7 ming kishi (+15%), Tojikiston - 689,1 ming kishi (+24,3%), Xitoy - 342,1 ming kishi (+17%).

Aytsh joizki, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolarning katta qismini sobiq Ittifoq quqarolar tashkil qiladi – 4,7 million kishi.Shunindek, Rossiyaga chegaradosh bo‘lgan Finlyandiya, Polsha, Estonidan ham ko‘p kishi tashrif buyuradi.   

Rossiya Turoperatorlar Assosiasiyasi qayd etishiga ko‘ra, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida aynan turizm maqsadida kelayotganlar soni ham ko‘paymoqda. Xususan 2019 yilning birinchi choragida kelishdan maqsad “turizm” deb ko‘rsatgan mehmonlar soni 21,5 %ga oshgan.

Rossiyaga eng ko‘p sayyoh jo‘natadigan 10 mamlakatlar quyidagilar: Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Germaniya, Fransiya, Tailand, Turkiya, AQSh va Yaponiyadir.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!