Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uch nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uch nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti rasman axborot berdi.

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi FVVning Sverdlov viloyatidagi vakolatxonasiga tayanib, 2019 yil 8 dekabr kuni ertalab soat 6.45da Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolari A.E., Ye.D. va A.S. vafot yetgani va hamyurtimiz T.A. kuyib shifoxonaga joylashtirilganini ma’lum qildi.

Ayni paytda tegishli organlar tomonidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘lik konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor yetadi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenesk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini yeslatib o‘tadi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!