Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Samara viloyati chegarasida qolgan 367 nafar fuqaro O‘zbekistonga yuborildi, deb xabar qildi RIA Novosti viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga asosan.

“Bugun 367 nafar O‘zbekiston fuqarolari Samara viloyati hududini tark etdi. Ular Qozog‘iston bilan “Mashtakovo” nazoratdan o‘tish joyidan chegarani kesib o‘tishdi”, - deb xabar qildi agentlik suhbatdoshi.

Qo‘shni respublika hududidan o‘zbekistonliklar avtobuslarda vatanga olib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval TIV Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘plangani haqida xabar bergandi.

Bu masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olinib, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokara olib borildi.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!