Rossiya mudofaa vazirligi Doneskdagi yana ikki qishloq egalladi

Rossiya mudofaa vazirligi Doneskdagi yana ikki qishloq egalladi

RF mudofaa vazirligining 30 iyun kungi brifingida Rossiya qo‘shini Donesk oblastidagi ikkita aholi yashash manzilini egallagani haqida xabar qilindi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, «Markaz» qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Novooleksandrivka posyolkasini, «Janubiy» qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari esa — Spirne posyolkasini nazoratiga olgan.

Ukraina bu bayonot yuzasidan munosabat bildirmadi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining ertalabki hisobotida Novooleksandrivka uchun janglar davom etayotgani ma’lum qilingan, Spirne haqida eslab o‘tilmagan. RF mudofaa vazirligi brifingidan keyin Ukraina QK bosh shtabi Spirne hududida janglar davom etayotgani haqida xabar berdi, shu bilan birga shtab hisobotida Novooleksandrivka tilga olinmagan.

Ukrainlarning mamlakat mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan DeepState OSINT-proyekti keltirgan xaritalarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Novooleksandrivkani egallagan.

Novooleksandrivka Donesk oblasti Pokrovsk rayonida, Spirne — Baxmut rayoni Soledar shahar okrugi hududida joylashgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!