Makgregor Ronalduning ko‘z yoshlariga munosabat bildirdi

Makgregor Ronalduning ko‘z yoshlariga munosabat bildirdi

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Yevro-2024 1/8 finalida Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning ko‘z yoshlariga munosabat bildirdi.

Kecha, 1 iyul kuni Ronaldu Sloveniya terma jamoasi darvozasiga belgilangan penaltidan foydalana olmay, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Quvonarlisi, Portugaliya terma jamoasi baribir penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

"Vatanga chin sadoqat! Krishtianu, sen bu Yer yuzini inoyat qilgan eng buyuk futbolchisan! Alloh rozi bo‘lsin uka. Bu haqiqiy tarix", — deb yozdi MakGregor ijtimoiy tarmoqlarda.

Evro-2024 chorak finalida Portugaliya 5 iyul, juma kuni Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!