Rasmiy izoh: internet chindan ham 10 barobar tezlashadimi?

Rasmiy izoh: internet chindan ham 10 barobar tezlashadimi?

«O‘zbektelekom» AK 15 kun ichida O‘zbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarga rasmiy izoh berdi.  

Izohda aytilishicha, o‘tgan 10 oy mobaynida, «O‘zbektelekom» AKda zarur takomillashish ishlari tizimli tahlil qilindi, kerakli uskunalar sotib olindi, dasturlar ishlab chiqildi va tashqi kanal imkoniyatlarini kengaytirish va provayderlar, operatorlar va oxirgi foydalanuvchilar uchun internet tarmog‘iga chiqish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

“Joriy yilning boshida O‘zbekiston tashqi internet-kanallariga ulanish faqat ikkita xalqaro bog‘lama orqali amalga oshirilardi. 2018 yil boshiga bog‘lamalar o‘z mahsuldorligining chegarasida, deyarli ishlamay boshlagandi. Shu munosabat bilan bugungi kunda kompaniyaning texnik xizmatlari bosqichma-bosqich modernizasiya ishlarini o‘tkazmoqda, buning natijasida «O‘zbektelekom» AK shu yilning oxiriga qadar UZTELECOM’dan kanal sotib olgan operatorlar va provayderlar iste’moli uchun zarur bo‘lgan tezlikni ta’minlay oladi.

Provayderlar va operatorlarning barcha arizalari cheklovlarsiz va to‘la hajmda qondiriladi. UZTELECOM kompaniyasi UZONLINE va UZMOBILE abonentlari uchun yanada jozibador tarif rejalarini joriy etishni rejalashtirmoqda”, deyiladi kompaniya rasmiy izohida.

Avvalroq “O‘zbektelekom” AK mas’ul xodimi Yunus Kamolov O‘zA muxbiriga bergan javobida shu yilning 1 dekabr sanasidan O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobarga oshirilishi haqida ma’lum qilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!