RASMAN: Sirdaryoda ayol kishi hokim etib tayinlandi

RASMAN: Sirdaryoda ayol kishi hokim etib tayinlandi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi yakunlandi. Deputatlar ushbu yig‘ilishda senator Uralova Dilfuza Djumanovnani Boyovut tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan tasdiqladilar. U bunga qadar Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shunday qilib, Dulfuza Uralova hozircha O‘zbekistondagi yagona ayol hokimga aylandi (lekin ilk ayol hokim emas, avval ham ayollar hokimlikka tayinlangan holatlar bo‘lgan).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!