Rasman! «Bavariya» 33 yoshli Nagelsmen bilan kelishuvga erishdi

Rasman! «Bavariya» 33 yoshli Nagelsmen bilan kelishuvga erishdi

«Bavariya» klubi «Leypsig» jamoasini boshqarayotgan Yulian Nagelsmann bilan kelishuvga erishganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 33 yoshli nemis mutaxassisi 2021 yilning 1 iyul kunidan Myunxen klubida ish boshlaydi. Ikki klub ham kelishuv haqida rasman ma’lum qilgan. Nagelsmann myunxenliklar bilan 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Avvalroq, «Bavariya» klubi Nagelsmann uchun «Leypsig»ga 20-30 million yevro atrofida tovon puli to‘lashi haqida ma’lum qilingandi.

Hozirda Myunxen klubi ustozi sanalmish Hans-Diter Flik mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan edi.

Nagelsman 2019 yildan buyon «Leypsig»ni boshqarmoqda. Ungacha u «Hoffenhaym»da ishlagan. Murabbiyga «Tottenhem» klubi ham qiziqish bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!