Ra’no Shodiyeva oyog‘ida san’at yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo‘ldi

Ra’no Shodiyeva oyog‘ida san’at yaratayotgan rassom qiznikida mehmon bo‘ldi

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi 18 yoshli Zuhra Usmonova oyog‘ida rasm chizadi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva yosh rassom xonadonida bo‘ldi.

Imkoniyati cheklangan bolalar doimiy parvarish va e’tiborga muhtoj, - deydi Ra’no Shodiyeva. - Ammo ularning iqtidorlarini doimiy qo‘llab-quvvatlash kerak. Bu yo‘lda markaz tizimli ishlarni olib boryapti.

Zuhraning hozirgacha 50 ga yaqin natyurmort, portret, erkin ijodiy asarlari bor. Markaz rahbari yana ko‘plab imkoniyati cheklangan payariqlik yoshlar xonadonida bo‘lib, ular bilan ham dildan suhbatlashdi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!