Ramazon munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaytirildi

Ramazon munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaytirildi

Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov Instagramdagi sahifasi orqali Ramazon munosabati bilan bozorlarda oziq-ovqat narxlari pasaytirilishini ma’lum qildi.

Narxlarni pasaytirish uchun Ramazon davomida tadbirkorlardan ijara haqi undirilmay turiladi. Agar tadbirkorlardan kimdir joriy oy uchun ijara haqini to‘lagan bo‘lsa, puli to‘liq qaytarib beriladi.

Yunus-Bek Yevkurov bu borada mamlakatdagi barcha bozorlar direktorlariga ko‘rsatma berilganini bildirdi. Uning aytishicha, bozorlardagi narxlar monitoring qilib boriladi, ayniqsa, bayram arafasida narxlarning asossiz ko‘tarilmasligi tekshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!