Qozog‘istonda 15 yoshli o‘smirlar turmush qurdi. To‘yga nima sabab bo‘ldi?

Qozog‘istonda 15 yoshli o‘smirlar turmush qurdi. To‘yga nima sabab bo‘ldi?

Qozog‘istonning Aqtau shahrida 15 yoshli o‘smirlar turmush qurdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

Aqtauda ikki yoshning turmush qurishi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda. Kollejda tahsil olayotgan juftlik yosh bo‘lishlariga qaramasdan qolgan umrlarini birgalikda o‘tkazishga qaror qilishgan.

Yosh kelinchak uni o‘g‘irlab ketishgani va uyga qaytish isnod ekanini aytgan.

“Ikkalamiz ham 2004 yilda tug‘ilganmiz. 15 yoshdamiz. Turmush o‘rtog‘imning ota-onasi bilan Aqtauda yashayman. Biz uch-to‘rt oy uchrashib yurdik, keyin turmush qurishga ahd qildik. Albatta, avvaliga ota-onalarimiz qarshi edi. Meni o‘g‘irlab ketishdi. Ota uyiga qaytib kelgan qizdan yomoni yo‘q deganlaridek, men qolishga qaror qildim. Buning ustiga, biz bir birimizni sevamiz”, - deya yozgan qozog‘istonlik yosh kelinchak.

To‘ydagi suratlari bilan ijtimoiy tarmoqda bo‘lishgan. Suratlar sanasiga e’tibor qaratib, ikki yoshning visol oqshomi 2019 yil iyul oyida bo‘lib o‘tganini fahmlash mumkin. Ayrimlarning fikriga ko‘ra, yoshlar nikohlarini rasmiy ravishda qayd ettirishmagan,  shariat qonunlariga binoan turmush qurish bilan kifoyalanishgan, xolos.

Qozog‘istonda 18 yoshdan oila qurish mumkin. Ro‘yxatga oluvchi organlar nikoh yoshini uzrli sabablarga ko‘ra ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kamaytirishlari mumkin. Nikoh yoshiga to‘lmaganlarning oila qurishiga faqat ona-onalar yoki qonuniy vakillarning yozma roziligi asosida ruxsat beriladi.

Bir necha kun ilgari Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berilishi qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident qarori bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!