Qozog‘iston bosh muftiysi ham "Intimoq" medali bilan taqdirlandi

Qozog‘iston bosh muftiysi ham "Intimoq" medali bilan taqdirlandi

Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Buyuk insoniy qadriyatlar va zamonaviy tahdidlar” nomli xalqaro anjuman doirasida bir qator diniy ulamolar turli darajadagi medallar bilan mukofotlandilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining Markaziy Osiyo musulmonlari ma’naviy taraqqiyotiga ko‘p yillar davomida xizmat qilganlari, yaxshi qo‘shnichilik, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik kabi islomiy tamoyillarga sodiqliklari, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan urf-odatlarni tiklash va asrab-avaylashga qo‘shgan ulkan hissalari uchun Qirg‘iziston musulmonlari idorasining 1-darajali «Intimoq» medali («Ittifoq») bilan taqdirlangan edilar.

Bundan tashqari, 1-darajali «Intimoq» medali qo‘shni Qozog‘iston bosh muftiysi Serikbay hoji O‘razga topshirildi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!