Qoraqalpog‘istonda ham reklama monitori yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda ham reklama monitori yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida reklama monitori yonib ketdi, deb xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 23 iyul kuni kech soat 21:00 da Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasi chorrahasida joylashgan elektron reklama qurilmasida yong‘in yuzaga kelganligi haqida tuman FVBga xabar kelib tushgan. Yong‘in qutqaruv texnikalari yordamida soat 21:07 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Beruniy tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasida 2 ta elektron reklama qurilmasiga katta monitor o‘rnatilgan bo‘lib, tumandagi tadbirkorlik sub’ektiga qarashli. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!