Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil etish rejalashtirilmoqda

Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston quyosh, shamol va geotermal energiya texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Buning uchun davlat agentligi tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzurida quyosh, shamol va geotermal energiya texnologiyalarini keng joriy etish uchun Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil etilishi mumkin. Prezidentning tegishli farmoni loyihasi 12 dekabr kuni muhokama uchun e’lon qilindi.

Agentlik qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, modernizasiya qilish va foydalanish bo‘yicha yagona texnik siyosatni amalga oshiradi.

Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiyani joriy etish va rivojlantirish sohasini texnik boshqarish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ushbu sohadagi investision loyihalarni hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilar ham shug‘ullanadi.

Agentlik huzurida ilmiy texnik va ekspert kengashiga asos solinadi. Ekologiya qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi vakillari hamda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasidagi mustaqil xalqaro ekspertlar mazkur kengashga kiritiladi.

Qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi yirik ob’ektlarni rivojlantirish va qurish bo‘yicha strategik masalalar kengash xulosasi asosida amalga oshiriladi.

Hujjat muhokamasi 27 dekabrga qadar davom etadi.

Manba: gazeta. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!