Qashqadaryodagi barcha kasb-hunar markazlari «O‘zbekneftgaz» AJ tizimiga biriktiriladi

Qashqadaryodagi barcha kasb-hunar markazlari «O‘zbekneftgaz» AJ tizimiga biriktiriladi

Qashqadaryodagi barcha kasb-hunar markazlari «O‘zbekneftgaz» AJ tizimiga biriktiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev aytib o‘tdi.

“Men “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev bilan batafsil gaplashdim. Qashqadaryoda bu jamiyat ishtirokida yangicha tizim yo‘lga qo‘yamiz.

Bunda neft va gaz sohasining viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 5 ta yirik korxona mutaxassislari tajribasidan foydalanamiz. Endi, hududdagi barcha kasb-hunar markazlari ikkita eng yirik bo‘lgan Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va Muborak gazni qayta ishlash zavodiga biriktiriladi.

Bu degani, shu korxona mutaxassislari talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni viloyat bo‘yicha tayyorlash rejalarini belgilaydi, o‘quv dasturlar va metodikasini amaliyotdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqadi, har bir yosh o‘quvchi o‘qish jarayonida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot o‘tishini tashkil etadi.

Yangi ochilgan monomarkazda IT, murakkab uskuna operatori va boshqa yuqori texnologik mutaxassisliklar o‘rgatiladi. Shuningdek, har bir tumanda kamida beshtadan, jami viloyatda 90 ta kasbga o‘qitish maskanlarida tumanning ixtisosligidan kelib chiqib, yoshlar va ishsizlar kasbga bepul o‘qitiladi.

Shu tizim orqali, kelgusi besh yilda 150 mingdan ziyod ishsizlar va yoshlar tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitiladi. Bundan tashqari, Shahrisabz, Kitob, Kasbi hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlari qurilib, 15 mingdan ziyod yoshlar shogirdlikka olinadi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!