Qashqadaryoda sobiq mahalla raisini ayamay do‘pposlab, sovuq qurol bilan og‘ir jarohatlashdi

Qashqadaryoda sobiq mahalla raisini ayamay do‘pposlab, sovuq qurol bilan og‘ir jarohatlashdi

Avvalroq "Qashqadaryoda sobiq mahalla raisi kaltaklanib, dalaga tashlab ketildi" nomli videolavha tarqalgandi. Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan bayonot berdi.

Muborak tumani Ko‘hnashahar mahallasida yashovchi fuqaro S.J. Muborak tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib 2021 yil 28 may kuni soat 13:30 larda yuqolib qolgan mollarini qidirib yurgan vaqtida Muborak tumani “Ko‘hnashahar” mahallasi cho‘l hududida qo‘ylarini boqib yurgan fuqaro T.P.dan qo‘ylarini qo‘rgan yoki qo‘rmaganligini so‘ragan vaqtida o‘zaro tortishib qolishgan T.P, S.J.ni boshi, yuzi, qo‘l sohalariga qo‘llari bilan urib, tepib, so‘ngra sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyo, ya’ni S.J.ning yo‘l xaltasidan tushib qolgan bir dona bolt va gaykalarni burash uchun ishlatiladigan tarqatuvchi kalit bilan S.J.ning boshi va qo‘llariga o‘ta shafqatsizlik bilan urib qasddan tan shikasti yetkazgan.

Mazkur xolat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan T.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan T.P.ga 2021 yil 19 iyun kuni Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi “g,m” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayb e’lon qilinib, unga nisbatan 2021 yil 22 iyul kuni munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ayblov xulosasi tuzish bilan tamomlanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudiga yuborishlik uchun nazorat tartibida Muborak tuman prokuroriga yuborilgan.

Shuni ma’lum qilamizki Muborak tuman IIB HPB profilaktika inspektori leytenant B.Ixtiyorovning harakatlari Qashqadaryo viloyati IIB ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!