Qashqadaryoda maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi

Qashqadaryoda maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan  videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💵 Maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun 2021 yilgi Investisiya dasturi doirasida qo‘shimcha 100 mlrd so‘m ajratilishi qayd etildi. Ushbu mablag‘lar hisobiga 88 ta maktabda — qo‘shimcha imorat quriladi, 100 tadan ko‘prog‘i — to‘liq jihozlanadi, paxsa devorli filiallar o‘rniga yangi binolar barpo etiladi.

👨🏻‍💻 Yig‘ilishda Qarshi shahridagi 42-maktab, shuningdek, tuman markazlaridagi bittadan shunday muassasa negizida axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!