Putin Habib Nurmagomedovga: “Men yaxshi bo‘g‘ish usulini tomosha qildim”

Putin Habib Nurmagomedovga: “Men yaxshi bo‘g‘ish usulini tomosha qildim”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonga tashrifi chog‘ida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va uning otasi Abdulmannop Nurmagomedov bilan uchrashdi. Uchrashuv Maxachkala aeroportida o‘tkazildi.

Uchrashuv tasvirga olingan videoni chempion “Instagram” sahifasida joylashtirdi.

“O‘g‘lingizning g‘alabasi bilan tabriklayman. Munosib jang”, - deb ta’kidladi prezident.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Habib g‘alabasi ishonchli va eng muhimi – adolatli bo‘ldi.

"Juda yaxshi o‘yin, chiroyli va halol. Men yaxshi bo‘g‘ish usulini tomosha qildim. Hammasi ro‘yirost bo‘ldi",  - dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov UFC chempionlik unvoni himoya qildi.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!