Prezident erkakning burnidan chimchilab qo‘ydi: internet foydalanuvchilari shokda (video)

Prezident erkakning burnidan chimchilab qo‘ydi: internet foydalanuvchilari shokda (video)

Internetda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko erkak kishining burnidan chimchilab qo‘ydi. Bu holat tasvirga tushgan videoni jurnalist Tatyana Visoskaya o‘zining sahifasida joylashtirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Videoda Poroshenko yonida turgan erkakni yelkasidan urib, burdidan chimchilab oladi.

Jurnalist so‘zlariga ko‘ra, bu video Ukraina prezidentining Zaporojyega tashrifi davomida olingan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin internetda Ukraina yetakchisining saylovchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda aks ettirilgan video joylashtirilgan edi. Videoda Poroshenko uchrashuvga kelgan saylovchilar qo‘lini siqib ko‘rishayotgani aks etgan. Keyin Ukraina prezidenti yonida turgan qizning shapkasini yechib, uning yuziga uloqtiradi. Bu hammasi shunchalik tez sodir bo‘ladiki, qiz Poroshenkoning qilig‘iga qanday munosabat bildirishini bilmaydi.

Poroshenko harakatlari internet foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!