Poroshenko Zelenskiyga dushmanlik qilishni rejalashtirmoqda

Poroshenko Zelenskiyga dushmanlik qilishni rejalashtirmoqda

Petr Poroshenko tarafdorlari Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning inaugurasiya marosimini buzmoqchi, deb xabar qilmoqda Strana.ua nashri.

Buning uchun Poroshenko jamoasi Ukraina Konstitusion sudi rahbari Stanislav Shevchukni iste’foga chiqarmoqchi. Ukraina qonunlariga muvofiq yangi saylangan prezident vakolatlarini inaugurasiya marosimida Konstitusion sud rahbari qabul qiladi. Agar ushbu lavozimda hech kim bo‘lmasa, yangi rahbar tayinlanguniga qadar, inaugurasiyani kechiktirishga to‘g‘ri keladi.

Ukraina qonunlariga ko‘ra, Konstitusion sud rahbarini hech kim lavozimidan bo‘shatish huquqiga ega emas. U faqat sudya maqomini yo‘qotganda ishdan ketishi mumkin.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Poroshenko jamoasi Konstitusion sud rahbari Stanislav Shevchukni sudya maqomidan mahrum qilish uchun muhokama va ovoz berishni 25 aprelga mo‘ljallagan. Lekin buning uchun Shevchuk bir necha barobar qo‘pol qoidabuzarliklar amalga oshirgani va o‘z majburiyatlarini doimiy ravishda bajarmagan bo‘lishi kerak.

Nashr yozishicha, Shevchuk haqida taaluqli hujjat allaqachon tayyorlangan. Uni sudyalik maqomidan mahrum qilish uchun Konstitusion sudning 18 a’zosidan 12 nafari ovoz berishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Ukraina prezident saylovida aktyor Vladimir Zelenskiy Poroshenkodan salkam 3 baravar ko‘p ovoz to‘pladi 73 %. Saylov rasmiy natijalari 30 aprel kuni e’lon qilinishi, inaugurasiya esa 3 iyungacha bo‘lib o‘tishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!