Pokiston Hindistonning harbiy samolyotlarini urib tushirdi

Pokiston Hindistonning harbiy samolyotlarini urib tushirdi

Pokiston harbiylari tomonidan Hindiston harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita qiruvchi samolyot urib tushirilgan. Pokiston harbiy manbalarining xabar berishicha, qiruvchi samolyotlar Pokiston chegaralarini buzib kirgan.
Pokiston armiyasining matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofurning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston qiruvchi samolyotlari Pokiston hududiga kirgandan so‘ng urib tushirilgan, oqibatda ikki nafar hind harbiysi halok bo‘lgan va bir nafari garovga olingan.
Hindiston rasmiylarining aytishicha, chorshanba kuni Pokistonning uchta jangovar samolyoti Hindiston nazoratidagi Kashmir ustidan uchib o‘tgan, biroq Hindiston harbiylari tomonidan ushlangandan keyin qaytarib yuborilgan.
Bir necha yillardan beri ko‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘lib kelayotgan Kashmirda oxirgi bir haftadan beri yana kelishmovchiliklar yomonlashdi. Ayni damda ushbu chegara hududida Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar avj olgan.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!