Pedofil tomonidan zo‘rlangan bola endi o‘lish arafasida

Pedofil tomonidan zo‘rlangan bola endi o‘lish arafasida

Dahshatli hodisa haqidagi xabar shifokorlar tomonidan bola tekshirilayotgan paytda ma’lum bo‘lgan.

Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari Smolensk viloyati Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 9 sinf o‘quvchisi uzoq vaqt davomida uning hayotini do‘zaxga aylantirgan tajovuzkorlarning qurboniga aylangan.

Zo‘rlanish haqida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisini majburiy harbiy-tibbiy komissiyasidan o‘tkazayotgan paytda shifokorlar bilib qolishgan. Shundan so‘ng o‘quvchi bor haqiqatni aytib bergan.

O‘quvchining onasi o‘g‘lining tuzalmas va oxiri o‘lim bilan tugaydigan kasali haqida bilib qolgach, polisiyaga murojaat qilgan.

Manbalarning ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar orasida tijorat banklaridan birining direktori ham mavjud. Tergov davomida 39 yoshli Belarus fuqarosi ham hibsga olingan.

Dahshatli jinoyat bo‘yicha tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!