Ozodbek Nazarbekov: “Madaniyat tizimida korrupsiya urchib ketgan, hamma o‘z etagini yig‘ishtirib olsin”

Ozodbek Nazarbekov: “Madaniyat tizimida korrupsiya urchib ketgan, hamma o‘z etagini yig‘ishtirib olsin”

Joriy yilning 28 yanvar kuni Madaniyat vazirligida Ozodbek Nazarbekov barcha viloyatlarning Madaniyat boshqarmalari xodimlari bilan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan muammolar haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov mavjud muammolarni sanab o‘tdi.

“Videoselektordan asosiy xulosangiz adolat bo‘lsin. Madaniyat tizimida korrupsiya urchib ketgan, hamma o‘z etagini yig‘ishtirib olsin. Madaniyat vazirligidan to eng quyi tizimgacha adolat o‘rnatiladi. Kim menga do‘st bo‘lsa, men tomonda tursin, yoki u menga dushman bo‘ladi. Prezident menga ishondi, adolat o‘rnatadi deb ishondi. Bu yog‘iga adolat to‘nini kiyib, ma’rifat qilichini baland ko‘tarib tizimni korrupsiyadan tozalaymiz. Korrupsiyaga qarshi kurashishda esa menga halol jamoa kerak”, dedi madaniyat vazir.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda madaniy me’ros ob’ektlari faoliyatini rivojlantirish, tarixiy inshootlarni, ularning  turistik salohiyatini chuqur o‘rganib, turizm marshrutiga kiritish bo‘yicha takliflar berish masalasi muhokama etildi. Shuningdek, sohadagi muammolar, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar o‘rtaga tashlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!