Orolning qurigan maydonida chuchuk suv topildi (video)

Orolning qurigan maydonida chuchuk suv topildi (video)

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanidan 200 kilometr, Nukusdan 400 kilometr olisda Vozrojdeniye orolining Shag‘ala deb nomlanuvchi joyi bor. O‘sha hududdan Orol dengizining qurigan maydonidan chuchuk suv topildi, deb xabar qiladi O‘zA.

26 yanvar kuni suv ko‘zining topilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‘ynoqliklar hamda Orolning qurigan maydonida mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashdi.

Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari Chimboy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlari hududlarini qamrab oladi, deydi Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspedisiyasi boshlig‘i Shavkat Olimov. Foydalanishga yaroqli bunday suv ko‘zlari ushbu tumanlarda ham topilgan. Janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlarini maxsus uskunalar yordamida chuchuklantirib, ichimlik suvi sifatida foydalansa ham bo‘ladi. Hozirgi kunda Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir tumanlarida shunday uskunalar yordamida aholi suvni iste’mol qilib kelmoqda. To‘rt-besh yarusdan tashkil topgan bor davri yotqiziqlarining pastki qatlamlaridagi janubiy Orololdi artezian basseyni yer osti suvlari termal va minerallashgan bo‘lib, shifobaxsh xususiyat kasb etadi. Bu kabi 47-50 gradus issiqlikdagi suvlar Qozoqdaryo, Qorao‘zak, Chimboy hududlarida mavjud.

Orolbo‘yi dala gidrogeologik ekspedisiyasi tomonidan joriy yilda Mo‘ynoq tumanida, ya’ni Vozrojdeniye oroli, Surgil, Axantay hududlarida shu kabi 40 ta suv ko‘zlarini ochish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!