Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi

Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizildi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda "qalampir.uz" xabar bermoqda. 

Aniqlashimizcha, qiziqchi Obid Asomov kecha, 10 dekabr kuni og‘ir yurak xurujini boshdan kechirib, poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasining Jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. 

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tezkor choralar sabab Asomovning ahvoli yaxshilangan. Ayni damda bemorning holati qoniqarli deb baholanmoqda. Biroq u hamon Jonlantirish bo‘limida qolmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi  qarorlariga muvofiq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov "Multiplikasion filmlar studiyasi" DUK direktorligiga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov 1963 yilning 22 oktyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. 

Saytimiz nomidan Obid Asomovga sog‘liq tilab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!