Nurotadagi arxeologiya yodgorligi ustiga aloqa kompaniyasi antenna o‘rnatgani aniqlandi

Nurotadagi arxeologiya yodgorligi ustiga aloqa kompaniyasi antenna o‘rnatgani aniqlandi

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «G‘ozg‘on qo‘rg‘oni» arxeologiya yodgorligi ustiga UMS uyali aloqa kompaniyasi antenna o‘rnatgani aniqlandi. Bu haqda Turon 24 xabar bermoqda.

Qo‘rg‘on Buxoro va Navoiy viloyati bo‘yicha madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqalararo davlat inspeksiyasi ro‘yxatiga arxeologiya yodgorligi sifatida kiritilgan. O‘rganish jarayonida tepalik yil sayin turli tabiiy va texnogen jarayonlar ta’sirida yemirilib borayotgani aniqlandi. Yodgorlik atrofi muhofazalanmagani sababli hozir ayrim fuqarolar mazkur maskan yonidan uy qurmoqda.

«G‘ozg‘on qo‘rg‘oni joylashgan tepalik asosan kuzatuv maskani bo‘lib, dushman hujumi vaqtida xabar berish nuqtasi sanalgan. Shuningdek, turli marosimlar vaqtida jarchilar tepa ustiga chiqib, qishloq ahlini xabardor qilishgan. Qo‘rg‘on ustidan butun qishloq ko‘ringani bois hozir ham jarchilar to‘y va turli marosimlar haqida shu yerga chiqib xabar berishadi», – dedi nurotalik mahalla raisi Shuhrat Rustamov.

Hozir antenna qachon, qaysi huquqiy asos orqali, kimning ruxsati bilan o‘rnatilgani o‘rganilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Nurota tumanida 41 ta madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 27 tasi arxeologiya, 11 tasi arxitektura va 3 tasi monumental yodgorliklardir.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!