Netanyaxu hibsga olinmasligi uchun 25 ta davlatdan yordam so‘raldi

Netanyaxu hibsga olinmasligi uchun 25 ta davlatdan yordam so‘raldi

Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kas 25 ta davlatdagi hamkasblariga maktub yo‘llab, Xalqaro jinoiy sudning (XJS) yahudiy rasmiylariga order berishiga qarshilik ko‘rsatishga chaqirdi. Bu haqda Walla xabar berdi.

Bu davlatlardan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berish haqidagi XJS prokurori talabiga qarshi huquqiy xulosalar taqdim etish so‘ralgan. Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali mulozimlariga ko‘ra, agar bu davlatlar yoki ulardan ba’zilari Gaagadagi tribunalga shunday huquqiy xulosalar taqdim etsa, sudyalar prokuror talabini qondirish uchun hech qanday asos yo‘qligiga ishonishi mumkin.

20 may kuni Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant va HAMASning uch yetakchisi — Yahyo Sinvar, Muhammad Deyf va Ismoil Haniyani hibsga olish uchun order berishni so‘radi. Sud Netanyaxu va Galantning G‘azo sektorida sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun jinoiy javobgar ekanini aytgan.

Netanyaxu XJS prokurorining so‘rovi Isroilni “to‘xtatib qo‘ymasligini” bildirgan. AQSh prezidenti Jo Bayden, o‘z navbatida, Netanyaxu va Galantni hibsga olish uchun order berish talabini qoralagan. Isroil ham, AQSh ham XJS yurisdiksiyasini tan olmasligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!