Nemislar 2023 yilda elektr energiyasi narxining keskin oshishiga duch kelishadi

Nemislar 2023 yilda elektr energiyasi narxining keskin oshishiga duch kelishadi

Germaniya aholisi 2023 yilga kelib elektr energiyasi narxining katta va keskin oshishiga duch kelishadi. Bu haqda Der Spiegel yozadi.

"Masalan, Kyolnda yetkazib beruvchi RheinEnergier yanvar oyidan boshlab asosiy ta’minot uchun bir kilovatt-soat uchun ikki baravar ko‘proq haq oladi", deyiladi maqolada.

Sentyabr oyida Der Spiegel energetika inqirozi fonida Germaniya iqtisodiyotini turg‘unlik va "besh bosqichli fojia" kutayotganini yozgan - birinchi korxonalar ishlamay qoladi, iste’mol kamayadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yevropa uchinchi departamenti direktori Oleg Tyapkinning aytishicha, Germaniya ikki yil ichida Rossiya gazini import qilishdan butunlay voz kechishi Germaniyada iqtisodiy inqirozga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!