Navoiylik fuqaroning uyidan odam suyaklariga o‘xshash suyaklar topildi

Navoiylik fuqaroning uyidan odam suyaklariga o‘xshash suyaklar topildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Navoiy viloyati Xatirchi tumani Navbahor MFYdagi xonadonlarning birida uy egasi yer kovlayotib ko‘mib yuborilgan odam skeleti topib olibdi" nomli xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro R. Z joriy yilning 16 sentyabr kuni yashash xonadoni hovlisida joylashgan ekin yerini kovlayotgan vaqtida, odam suyagiga o‘xshash suyaklar chiqqanligini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, ekspertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy hamda sud-tibbiy kriminalistik ekspertizalar tayinlangan.

Tergovga qadar tekshirish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!