Navoiyda bugundan ichimlik suvi narxi uch baravarga qimmatlashdi

Navoiyda bugundan ichimlik suvi narxi uch baravarga qimmatlashdi

Navoiy viloyatida bugundan ichimlik suvi narxi 3 baravar qimmatlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat deputatlari ma’qullagan qarorga asosan, 1 m³ ichimlik suvi narxi aholi uchun 3000 so‘m (hozirgi narx 1080 so‘m), byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun esa 7000 so‘m (hozirgi narx 3300 so‘m) bo‘ladi. Bu – viloyatdagi suv inshootlari va quvurlar ta’mirtalab ekani bilan izohlangan.

Shuningdek, Samarqandda ham suv narxini oshirishga deputatlar roziligi olindi. U yerda narxlar mos ravishda 1850 va 3500 so‘m deb belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ichimlik suvi va kanalizasiya tariflarini deputatlar bilan kelishish tartibi joriy etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!