Navbat Xorazmga: IIV rahbari birdaniga 10 nafar xodimni lavozimidan ozod qildi

Navbat Xorazmga: IIV rahbari birdaniga 10 nafar xodimni lavozimidan ozod qildi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyatida IIV faoliyatiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi va bir necha rahbarlarni egallab turgan lavozimidan ozod qildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, xodimlar o‘z xizmat vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun ishdan bo‘shatilgan.

Viloyat IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i R.Xodjiyev, Ekspert-kriminalistika bo‘limi boshlig‘i Q.O‘rinov, Xiva tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari D.Madrahimov va Hazorasp tumani IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i A.Yusupov va yana 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilingan. Shuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Xabarda yozilishicha, 2019 yil yakuniga ko‘ra Xorazm viloyatida sodir etilgan jinoyatlar soni 2,1 foizga, jinoyat qidiruv sohasidagi jinoyatlar 0,2 foizga, shu jumladan qotillik, nomusga tegish, bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘irlik, transport vositalari olib qochish va o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari kamaygan.

Viloyatning 51 foiz mahallasida jinoyatlar sodir etilmadi, voyaga yetmaganlar, yoshlar, ayollar, ishsizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kamaygani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Po‘lat Bobojonov Buxoro va Qoraqalpog‘istondagi kengaytirilgan yig‘ilishlarda xizmat vazifalarni bajarishda mas’uliyatsizlik va beparvolik bilan yondashib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun qator boshliqlarni ishdan olgan edi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!